Weltrade 2.0 savdo va hisobingizni boshqarishni bitta mobil ilovada birlashtiradi. Siz allaqachon mavjud bo'lgan Weltrade profilingizdan foydalanasiz, shuning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas. Tizimga kirganingizda verifikatsiya holatingiz va sozlamalaringiz tayyor bo'ladi. Ushbu maqolada ilova nimalar qila olishi hamda u veb-saytdagi Shaxsiy kabinet va MetaTrader 5 bilan qanday bog'lanishi tushuntiriladi.
Weltrade 2.0 nima?
Weltrade 2.0 — iOS va Android uchun yangi mobil ilovamiz. U MetaTrader 5 (MT5) hisoblaringizda savdo qilish hamda mablag'laringiz va profilingizni bir joyda boshqarish imkonini beradi. Buning uchun alohida MT5 terminali yoki veb-saytdagi Shaxsiy kabinet kerak emas.
Ilovada nimalar qilish mumkin
Real va demo savdo hisoblarini ochish
Hisob turingizda mavjud bo'lgan forex, metallar, aksiyalar, sintetik indekslar va boshqa instrumentlar bilan savdo qilish
Mablag' kiritish, yechib olish va hisoblaringiz o'rtasida o'tkazish
Verifikatsiyadan o'tish hamda profil va xavfsizlik sozlamalarini boshqarish
Mavjud Weltrade profilingiz bilan qanday ishlaydi
Profilingiz veb-saytdagi Shaxsiy kabinet bilan bir xil. Siz o'sha elektron pochta va parol bilan kirasiz. Verifikatsiya holatingiz, to'lovlar tarixi va xavfsizlik sozlamalari umumiy, shuning uchun ilovada kiritilgan o'zgarish veb-saytda ham ko'rinadi. Weltrade 2.0 ilovasida yangi MT5 savdo hisoblarini ochishingiz mumkin. Har bir savdo hisobini Weltrade 2.0 ga ulash kerak. Buning uchun ilovada savdo hisobingiz parolini kiritish kifoya.
Savdo MetaTrader 5 serverlarida amalga oshiriladi. Narxlar, grafiklar, buyurtmalar va savdo tarixi Weltrade MT5 serveridan olinadi. Siz o'sha savdo hisoblaringizga MetaTrader 5 terminali orqali ham kirishingiz mumkin.
Interfeys tili
Ilova ingliz, o'zbek va rus tillarida mavjud. U telefoningiz tilidan foydalanadi: agar telefoningizda o'zbek tili o'rnatilgan bo'lsa, ilova o'zbek tilida ochiladi, rus tili o'rnatilgan bo'lsa, rus tilida ochiladi. Boshqa har qanday tilda ilova ingliz tilida ko'rsatiladi. Hozircha foydalanuvchilar Weltrade 2.0 tilini o'zlari o'zgartira olmaydi.
Ko’p beriladigan savollar (FAQs)
Weltrade 2.0 ilovasi nima?
Weltrade 2.0 ilovasi nima?
Weltrade 2.0 — iOS va Android uchun yangi mobil ilova. Unda MetaTrader 5 (MT5) hisoblaringizda savdo qilasiz, mablag'laringiz va profilingizni ham shu yerda boshqarasiz.
Weltrade 2.0 ilovasida qayta ro'yxatdan o'tish kerakmi?
Weltrade 2.0 ilovasida qayta ro'yxatdan o'tish kerakmi?
Yo'q. Mavjud Weltrade profilingizning elektron pochtasi va paroli bilan kirasiz.
Ilovada demo hisob ochsa bo'ladimi?
Ilovada demo hisob ochsa bo'ladimi?
Ha. Weltrade 2.0 ilovasida real va demo savdo hisoblarini ochish mumkin.
Ilovada qaysi instrumentlar bilan savdo qilish mumkin?
Ilovada qaysi instrumentlar bilan savdo qilish mumkin?
Forex, metallar, aksiyalar, sintetik indekslar va boshqa instrumentlar bilan. Ro'yxat hisob turingizga qarab farq qiladi.
Ilova orqali mablag' kiritish va yechib olish mumkinmi?
Ilova orqali mablag' kiritish va yechib olish mumkinmi?
Ha. Ilovada mablag' kiritasiz, yechib olasiz va hisoblaringiz o'rtasida o'tkazasiz.
Weltrade 2.0 ilovasida verifikatsiyadan o'tsa bo'ladimi?
Weltrade 2.0 ilovasida verifikatsiyadan o'tsa bo'ladimi?
Ha. Verifikatsiya holatingiz Shaxsiy kabinet bilan umumiy, shuning uchun u veb-saytda ham ko'rinadi.
Weltrade 2.0 uchun MetaTrader 5 terminali kerakmi?
Weltrade 2.0 uchun MetaTrader 5 terminali kerakmi?
Shart emas. Savdo MetaTrader 5 serverlarida bo'ladi. Xohlasangiz, o'sha hisoblarga MT5 terminali orqali ham kirishingiz mumkin.
MT5 savdo hisobini ilovaga qanday ulash mumkin?
MT5 savdo hisobini ilovaga qanday ulash mumkin?
Ilovada savdo hisobingizning parolini kiritsangiz, hisob ulanadi.
Ilovada qilingan o'zgarishlar Shaxsiy kabinetda ko'rinadimi?
Ilovada qilingan o'zgarishlar Shaxsiy kabinetda ko'rinadimi?
Ha. To'lovlar tarixi, verifikatsiya holati va xavfsizlik sozlamalari umumiy, shuning uchun ilovadagi o'zgarishlar veb-saytda ham ko'rinadi.
Weltrade 2.0 ilovasi o'zbek tilida bormi?
Weltrade 2.0 ilovasi o'zbek tilida bormi?
Ha. Ilova ingliz, o'zbek va rus tillarida bor va telefoningiz tilida ochiladi. Hozircha tilni ilovaning o'zida o'zgartirib bo'lmaydi.