Asosiy kontentga oʻtish

Weltrade ilovasi va Weltrade 2.0 ilovasi

Weltrade ilovasi va Weltrade 2.0 farqi: qaysi ilovada MT5 orqali bevosita savdo qilish, hisob ochish, pul kiritish va pul yechish mumkin. Taqqoslang va tanlang.

Weltrade kompaniyasining iOS va Android uchun ikkita mobil ilovasi bor: Weltrade ilovasi va yangi Weltrade 2.0 ilovasi. Ikkalasi ham Weltrade profilingizdan foydalanadi, shuning uchun siz bir xil elektron pochta va parol bilan kirasiz. Asosiy farq savdoda. Weltrade 2.0 MT5 hisoblaringizda bevosita ilovaning o'zida savdo qilish imkonini beradi. Weltrade ilovasi esa profilingiz va hisoblaringizni boshqarish uchun mo'ljallangan, savdo uchun esa alohida MetaTrader ilovasidan foydalaniladi. Ushbu maqolada ikki ilova qanday farq qilishi va qaysi biri sizga mos kelishi tushuntiriladi.


Weltrade ilovasi

Weltrade ilovasi Weltrade profilingizni boshqarish uchun asosiy mobil ilovamiz. Ilovada siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:

  • Weltrade profilini ro'yxatdan o'tkazish, jumladan Google, Facebook yoki LINE orqali ro'yxatdan o'tish

  • MetaTrader 4 (MT4) yoki MetaTrader 5 (MT5) platformasida real va demo savdo hisoblarini ochish

  • Mablag' kiritish, yechib olish va hisoblaringiz o'rtasida o'tkazish

  • Bonuslar va promoaksiyalarni ko'rish (jumladan W-club)

  • Copy Trading imkoniyatlaridan foydalanish

  • Tahlillar markaziga o'tish

  • Hamkorlik Dasturi paneliga kirish

  • MT4 va MT5 savdo platformalarini yuklab olish va ularga o'tish

Savdo qilish uchun MetaTrader 4 yoki MetaTrader 5 terminalidan foydalanasiz.


Weltrade 2.0

Weltrade 2.0 savdo qilish va hisobingizni bir joyda boshqarish mumkin bo'lgan yangi mobil ilovamiz. Ilovada siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:

  • Real va demo savdo hisoblarini ochish

  • MT5 hisoblarida bevosita ilovaning o'zida forex, metallar, aksiyalar, sintetik indekslar va hisob turingizda mavjud bo'lgan boshqa instrumentlar bilan savdo qilish

  • Mablag' kiritish, yechib olish va hisoblaringiz o'rtasida o'tkazish

  • Verifikatsiyadan o'tish hamda profil va xavfsizlik sozlamalarini boshqarish

Weltrade 2.0 hali sinovdan o'tkazilmoqda va takomillashtirilmoqda, shuning uchun Shaxsiy kabinet veb-platformasidagi ayrim imkoniyatlar ilovada hozircha mavjud emas.

Eslatma: Weltrade 2.0 hozircha faqat O'zbekistonda mavjud. Tez orada boshqa davlatlar ham qo'shiladi.

Weltrade ilovasi va Weltrade 2.0 ilovasi o'rtasidagi asosiy farqlar

Imkoniyat

Weltrade ilovasi

Weltrade 2.0

Ilovada savdo qilish

Mavjud emas

Ha, MT5 hisoblarida

Qo'llab-quvvatlanadigan platformalar

MT4 va MT5

Faqat MT5

Real va demo hisoblarni ochish

Ha

Ha

Mablag' kiritish

Ha

Ha

Mablag' yechib olish va o'tkazish

Ha

Ha

Verifikatsiya

Ha

Ha

Bonuslar va promoaksiyalar

Ha

Mavjud emas

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kirish (Google, Facebook, LINE)

Ha

Ha

Hamkorlik Dasturi

Ha

Mavjud emas

Tahlillar markazi

Ha

Mavjud emas

Copy Trading

Ha

Mavjud emas

Interfeys tillari

Bir nechta tilda

Ingliz, rus va o'zbek tillari

Holati

Asosiy ilova

Beta, hali sinovdan o'tkazilmoqda

Qayerda mavjud

Bir qancha davlatlarda

Faqat O'zbekistonda

(tez orada boshqa davlatlarda ham)

Qaysi ilovadan foydalanishim kerak?

Agar MetaTrader terminaliga o'tmasdan istalgan joyda savdo qilmoqchi bo'lsangiz, Weltrade 2.0 ni sinab ko'ring. Agar MT4 hisoblarida savdo qilsangiz yoki Weltrade 2.0 da hali mavjud bo'lmagan imkoniyat kerak bo'lsa, Weltrade ilovasidan yoki Shaxsiy kabinet veb-platformasidan foydalaning.


Ko’p beriladigan savollar (FAQs)

Weltrade ilovasi va Weltrade 2.0 o'rtasida qanday farq bor?

Asosiy farq savdoda. Weltrade 2.0 da MT5 hisoblarida bevosita ilovaning o'zida savdo qilasiz. Weltrade ilovasi profil va hisoblarni boshqarish uchun, savdo esa alohida MetaTrader ilovasida qilinadi.

Weltrade 2.0 ilovasida savdo qilsa bo'ladimi?

Ha. MT5 hisoblarida forex, metallar, aksiyalar, sintetik indekslar va hisob turingizda mavjud boshqa instrumentlar bilan ilovaning o'zida savdo qilishingiz mumkin.

Weltrade 2.0 da MT4 hisobi bilan savdo qilish mumkinmi?

Yo'q, Weltrade 2.0 faqat MT5 ni qo'llab-quvvatlaydi. MT4 hisoblari uchun Weltrade ilovasi yoki Shaxsiy kabinetdan foydalaning.

Ikkala ilovaga bitta login va parol bilan kirsa bo'ladimi?

Ha. Ikkala ilova ham bitta Weltrade profilidan foydalanadi, shuning uchun bir xil elektron pochta va parol bilan kirasiz.

Ilovaga Google, Facebook yoki LINE orqali kirsa bo'ladimi?

Ha, ikkala ilovada ham ijtimoiy tarmoqlar orqali kirish mumkin.

Ilovada pul kiritish va pul yechish mumkinmi?

Ha. Ikkala ilovada ham pul kiritish, pul yechish va hisoblaringiz o'rtasida mablag' o'tkazish mumkin.

Weltrade 2.0 qaysi davlatlarda mavjud?

Hozircha faqat O'zbekistonda. Tez orada boshqa davlatlar ham qo'shiladi.

Weltrade 2.0 da bonuslar, Copy Trading va Hamkorlik Dasturi bormi?

Hozircha yo'q. Bonuslar va promoaksiyalar, Copy Trading, Tahlillar markazi va Hamkorlik Dasturi Weltrade ilovasida mavjud.

Weltrade 2.0 ilovasi qaysi tillarda ishlaydi?

Ingliz, rus va o'zbek tillarida.

Qaysi ilovani tanlashim kerak?

MetaTrader terminaliga o'tmasdan istalgan joyda savdo qilmoqchi bo'lsangiz, Weltrade 2.0 ni sinab ko'ring. MT4 da savdo qilsangiz yoki Weltrade 2.0 da hali yo'q imkoniyat kerak bo'lsa, Weltrade ilovasi yoki Shaxsiy kabinetdan foydalaning.

Bu savolingizga javob boʻldimi?