Weltradeʼda biz barcha hamkorlik komissiyalari toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobga yozilishini taʼminlashga intilamiz. Agar komissiyangiz kelib tushmaganini payqasangiz, quyidagi keng tarqalgan sabablar va tavsiyalar bilan tanishib chiqing.
Hamkorlik komissiyasi hisobga yozilmaganining keng tarqalgan sabablari:
Mijozingizning savdo faolligi minimal talablarga javob bermaydi. Hamkorlik komissiyalari faqat talablarga mos bitimlar uchun toʻlanadi. Masalan:
Mijoz hisobot davri mobaynida hech qanday tranzaksiya ochmagan.
Komissiya 1 USD ga yetgandagina hisobga yoziladi;
Agar mijozning hisobida bonuslar boʻlsa va balansidagi oʻz mablagʻlari 1 USD dan kam boʻlsa, komissiya hisoblanmaydi
Tavsiya:
Tranzaksiyalar barcha talablarga javob berishiga ishonch hosil qilish uchun hamkor panelingizda mijozingizning savdo tarixini tekshiring.
Buning uchun chap tomondagi menyuda Hamkorlik Dasturi bandiga oʻting, soʻng Batafsil statistik maʼlumotlarni koʻrsatish tugmasini bosing.
Muammo | Sabab | Tavsiya |
Mijoz hisobini roʻyxatdan oʻtkazishdagi muammo |
|
|
Hamkorlik dasturi qoidalarining buzilishi | Weltrade quyidagi hollarda komissiyalarni toʻlamaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi:
| Dasturning barcha shartlariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish uchun Hamkorlik shartnomasini diqqat bilan koʻrib chiqing. |
Toʻlovni kutish davri |
| Hamkor panelingizda komissiya toʻlovlari jadvalini tekshiring va toʻlovingiz amalga oshirilishi uchun biroz kuting. |
Hamkorlik komissiyasi bilan bogʻliq muammolarni qanday hal qilish mumkin?
Agar yuqoridagi barcha bandlarni tekshirib chiqqan boʻlsangiz-u, komissiyangiz baribir yoʻq deb hisoblasangiz:
Quyidagi maʼlumotlarni toʻplang:
Hamkor ID raqamingiz
Tegishli mijozlarning hisob raqamlari
Komissiya kelib tushmagan davr
Hamkor panelingiz skrinshotlari (agar kerak boʻlsa)
Weltrade mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga quyidagilar orqali murojaat qiling:
Weltradeʼning rasmiy veb-saytidagi istalgan sahifadagi onlayn chat — 24/7 mavjud.
Elektron pochta: [email protected]
Jamoamiz murojaatingizni koʻrib chiqadi va muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga yordam beradi.